Sport | 15:25 / 20.07.2017
5114
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» bosh murabbiyi Neymarni o‘z jamoasida ko‘rishga qarshi bo‘lmaydi

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z jamoasida «Barselona» hujumchisi Neymarni ko‘rish istagi borligini yashirib o‘tirmadi.

«Neymar? Agar bu xarid amalga oshadigan bo‘lsa, klub va muxlislar juda xursand bo‘lishardi. «PSJ» dunyoning eng yaxshi futbolchilari safiga kiruvchi 5-7 nafar o‘yinchilarga ega bo‘lishi kerak. Bu hozir jamoada to‘p surayotgan futbolchilarni qo‘shmaganda, talab etiladigan jihat.

Ammo Neymarni sotib olish — juda murakkab vazifa. Balki u bizning safimizga o‘tar, balki bu ish amalga oshmas», — deya Emeridan iqtibos keltiradi L'Equipe.

Mavzuga oid