Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Arsenal» hamda «Chelsi» jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.
Unda Antonio Konte shogirdlari hamshaharlarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Villianning bitta goli va Batshuayining dubli 3:0 hisobini keltirib chiqardi.
Yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi kutilmaganda Yaponiyaning «Kasima Antlers» klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Arsenal (Angliya) – Chelsi (Angliya) – 0:3 (0:2)
Gollar: Villian (40), Batshuayi (42, 49).
ARSeNAL: Ospina (Martines, 76), Meytlend-Naylz (Koselni, 46), Mertesaker (En-Nenni, 46), Monreal (Kolashinats, 46), Oksleyd-Chemberlen (Nelson, 70), Remzi (Uillok, 70), Chaka (Koklen, 46), Bramall (Uelbek, 46), O‘zil (Malen, 76), Ivobi, Lyakazett (Jiru, 46).
CheLSI: Kurtua (Kabalero, 46), Aspilikueta (Pashalich, 76), David Luiz (Kristensen, 76), Keyxill (Kalas, 76), Mozes (Tomori, 70), Kante (K.Skott, 76), Alonso (Kenedi, 70), Fabregas (Klark-Solter, 76), Villian (Beyker, 70), Batshuayi (Remi, 70), Pedro (Boga, 29).
Kasima Antlers (Yaponiya) – Sevilya (Ispaniya) – 2:0 (0:0)
Gollar: Suzuki (72, 90).