Yamanda vabo kuchaymoqda, xastalik 600 ming kishini qamrab olishi mumkin
Joriy yil so‘ngiga borib Yamanda vaboga chalinganlikda gumon qilingan holatlar soni ikki barobarga o‘sib, 600 ming kishini qamrab olishi mumkin, deyishmoqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasidagilar. Bu haqda RIA Novosti yozadi.
XQXQ ekspertlari yil so‘ngiga borib, Yamanning har 45-fuqarosi vaboga chalinishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Bunga sabab, mamlakatda yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar natijasida ichimlik suvi infratuzilmasining butkul vayron bo‘lganidir. Ayni paytda tibbiyot maskanlarining ham 45 foizidan kamrog‘i ishchi holatda. Paydo bo‘lgan vaziyat bezgak va denge talvasasi kabi boshqa kasalliklarning ham tarqalishiga zamin yaratishi mumkin.
«Eng katta fojia shundaki, vabo epidemiyasining oldini olish mumkin, chunki u qo‘ldan yasalgan gumanitar ofat hisoblanadi. Bu fuqarolik infratuzilmasi va sog‘liqni saqlash tizimini barbod qilgan qurolli to‘qnashuvlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati hisoblanadi... Hozir ham ko‘plab o‘lim holatlarining oldini olish mumkin, buning uchun dushmanlashayotgan tomonlar cheklovlarni olib tashlab, Yamanga dori-darmonlar, oziq ovqat va yashash uchun eng zarur narsalarni kiritishga yo‘l ochib berishlari kerak», — degan yakshanba kuni Yamanga kelgan XQXQ prezidenti Peter Maurer.
O‘zining besh kunli tashrifi davomida XQXQ prezidenti Adan, Toiz va Sano shaharlariga borib, barcha taraflar ishtirokida gumanitar vaziyatni muhokama etishni rejalashtirgan.
Yamanda 2014 yildan buyon bir tomondan shialarning «Ansorulloh» harakatiga mansub qo‘zg‘olonchi husiychilar, ikkinchi tomondan sobiq prezident Ali Abdulloh Solih tarafdorlari bo‘lgan armiya qismlari o‘rtasida qurolli mojaro davom etib kelmoqda. Hukumat qo‘shinlariga yer va havodan turib Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi yordam bermoqda. Bunga javoban husiychilar qirollikning chegaraoldi hududlarini muntazam o‘qqa tutishadi.
BMTning inson haqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan buyon mamlaktada 5 mingdan ziyod tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan, 8 mingdan ziyod kishi yaralangan.
Mavzuga oid
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
10:10 / 26.11.2024
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
11:20 / 11.11.2024