Jahon | 09:30 / 25.07.2017
7939
1 daqiqa o‘qiladi

JPost: Isroil musulmonlar g‘azabiga sabab bo‘lgan metalltopgichlarni olib tashlaydi

Foto: The Juresalem Post

Isroil xavfsizlik idorasi Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidi va uning atrofiga kiraverishda o‘rnatilgan metalltopgichlarni olib tashlashga qaror qildi. Ularning o‘rnini kuzatuv kameralari egallaydi, deb yozmoqda The Jerusalem Post gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil politsiyasi va xavfsizlik firmalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng shunday to‘xtamga kelingan. Yangi kameralarning o‘ziga xosligidan biri shaxs yuzini tanish xususiyati bo‘lishi mumkin. 

14 iyulda uch nafar qurollangan falastinlik Ibodat tepaligida Isroil armiyasining 2 harbiy xizmatchisini o‘ldirganidan so‘ng vaziyat keskinlashdi. Shundan so‘ng, yahudiylar davlati hukumati Al-Aqso masjidi atrofida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy qildi. Xususan, majmuaga kiraverishda metalltopgichlar o‘rnatildi. 

Buning ortidan falastinliklar va Isroil tartibni saqlash kuchlari o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar yuz berdi. 

Mavzuga oid