Musulmonlar Ibodat tepaligiga qaytishdan bosh tortishmoqda
Minglab musulmon arablar Al-Qudsdagi Ibodat tepaligiga ko‘tarilishdan bosh tortdi va Isroilning ziyoratgoh atrofidagi nizoni tartibga solish borasida yon bosishlarini e'tiborga olmasdan, qo‘shni ko‘chalarda namoz o‘qidi.
Associated Press bergan xabarga ko‘ra, musulmonlarning diniy yetakchilaridan biri, Al-Qudsning sobiq muftiysi Ikrom Sabri musulmonlarni Isroil hukumati diniy majmuaga kirishda o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini olib tashlamaguncha, Ibodat tepaligiga kelmaslikka chaqirgan.
Sabri metall detektor va videokameralar demontaj qilinishini yetarli emas, deb hisoblagan va Isroil hukumatidan Ibodat tepaligiga kirishda har qanday nazorat vositalarini qo‘llash g‘oyasidan butunlay voz kechishni talab qilgan.
Isroil va Falastin o‘rtasidagi aloqalar 14 iyul kuni, 3 nafar falastinlik bir guruh politsiyachilarga qarata o‘t ochganidan keyin keskinlashgandi. Natijada ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Hujum qilganlar yo‘q qilinib, Isroil Ibodat tepaligiga metall detektor o‘rnatgan.
Musulmonlar esa Isroil bu majmuada o‘z ta'sirini kengaytirishga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi. Majmua 15 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, musulmonlar orasida ahamiyati jihatidan uchinchi o‘rinda turadigan diniy ziyoratgoh hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024