Jahon | 00:31 / 14.08.2017
8711
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng katta qum skulptura barpo etildi

Xitoyning Shensi viloyatida dunyodagi eng katta qum skulptura barpo etildi. Bu haqda PressTV xabar bermoqda. 

Rekord darajadagi skulptura shundoq cho‘l o‘rtasida joylashgan qumdan yaratilgan skulpturalar bog‘ida paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, yangi skulptura bog‘dagi markaziy elementlardan biriga aylangan.

Balandligi 25 metr, asosi perimetri 400 metr keladigan skulptura “Loulan qirolligi” deb atalgan.

Kompozitsiya jimjimador ganchlar va ko‘plab haykallar bilan bezalgan. Bog‘ ma'muriyatining aytishicha, ulkan skulptura to‘liq qumdan yasalgan va faqat ustidan  yelim bilan qoplab chiqilgan.

Loulan qirolligi miloddan avvalgi Xitoydagi qadimiy qirollik bo‘lib, unga Ipak yo‘lidagi muhim shahar voha atrofida asos solingan.

Mavzuga oid