Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng katta qum skulptura barpo etildi
Xitoyning Shensi viloyatida dunyodagi eng katta qum skulptura barpo etildi. Bu haqda PressTV xabar bermoqda.
Rekord darajadagi skulptura shundoq cho‘l o‘rtasida joylashgan qumdan yaratilgan skulpturalar bog‘ida paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, yangi skulptura bog‘dagi markaziy elementlardan biriga aylangan.
Balandligi 25 metr, asosi perimetri 400 metr keladigan skulptura “Loulan qirolligi” deb atalgan.
Kompozitsiya jimjimador ganchlar va ko‘plab haykallar bilan bezalgan. Bog‘ ma'muriyatining aytishicha, ulkan skulptura to‘liq qumdan yasalgan va faqat ustidan yelim bilan qoplab chiqilgan.
Loulan qirolligi miloddan avvalgi Xitoydagi qadimiy qirollik bo‘lib, unga Ipak yo‘lidagi muhim shahar voha atrofida asos solingan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026