Jahon | 19:30 / 19.08.2017
11870
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID Surgutdagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Foto: RIA Novosti / Irina Shvets

“Reyter” axborot agentligi Rossiyaning Surgut shahrida odamlarga pichoq bilan qilingan hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olganini ma'lum qildi. Axborot agentligi bunda IShID nazoratida bo‘lgan "Amak" axborot agentligiga iqtibos keltirgan. 

Huquq-tartibot idoralari noma'lum kimsa odamlarga pichoq bilan hujum qilib, bir necha kishiga jarohat yetkazgan Surgut markazida ish olib bormoqda.

19 avgust kuni tushga yaqin Surgut markazida niqobda bo‘lgan yigit odamlarga hujum qilgan. U hujum davomida 7 kishiga jarohat yetkazgan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Bosqinchini qo‘lga olish vaqtida u qarshilik ko‘rsatgan va politsiya tomondan otib tashlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 1994 yilda tug‘ilgan. Politsiya unda ruhiy kasallik borligi haqidagi ma'lumotni tekshirmoqda.   

Shahar meri Vadim Shuvalov shaharliklarga tinchlikni saqlash va shoshma-shosharlik bilan xulosalar chiqarmaslikka chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, politsiya vaziyatni nazorat qilmoqda. 

Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin ushbu hujumning tergov qilinishini o‘z nazoratiga olgan.

Mavzuga oid