Jahon | 16:39 / 26.08.2017
25903
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: AQShga 12 yil ichidagi eng kuchli dovul yopirildi

Amerikaning Texas shtatiga 12 yildagi eng kuchli dovul – “Harvi” yopirildi. Dovulga kuchlilik darajasi bo‘yicha beshta toifadan to‘rtinchisi berildi. Shamol tezligi soatiga 215 kilometrga yetgan, 155 mingdan ortiq kishi chiroqsiz qolgan, o‘n inson jabrlandi. Aviakompaniyalar dovul sababli parvozlarni bekor qilmoqda, maktablar yopilgan. Aholi oziq-ovqat mahsulotlarini shoshilinch ravishda sotib olmoqda, ko‘pchilik maxsus boshpanalarga evakuatsiya qilinmoqda.

Foto: Adrees Latif/Reuters

Texas shtatidagi Korpus Kristida “Harvi” dovuli sabab yerga yiqilgan svetofor, 2017 yilning 25 avgusti

Foto: Eric Gay/AP

Texasda dovulning boshlanishi, 2017 yilning 25 avgusti

Foto: NASA

“Harvi” dovulining koinotdan ko‘rinishi, 2017 yilning 25 avgusti

Foto: Adrees Latif/Reuters

Texas shtatidagi Korpus Kristida “Harvi” dovuli sabab yerga yiqilgan yo‘l belgisi, 2017 yilning 25 avgusti

Foto: Eric Gay/AP

Texas shtatidagi Korpus Kristida dovuldan oldin kuchli shamol, 2017 yilning 25 avgusti 

Foto: Eric Gay/AP

Mahalliy fuqarolar maktab sport zalida boshpanalarga evakuatsiyani kutishmoqda. Korpus Kristi, Texas shtati, 2017 yilning 25 avgusti 

Foto: Eric Gay/AP

Evakuatsiya qilinayotganlar uchun suv, Korpus Kristi, Texas shtati, 2017 yilning 25 avgusti 

Foto: David J. Phillip/AP

“Harvi” dovulidan avval do‘konlarda peshtaxtalar bo‘shab qoldi. Korpus Kristi, Texas shtati, 2017 yilning 25 avgusti

Foto: Brian Thevenot/Reuters

Texas shtatidagi Korpus Kristida “Harvi” dovuli sabab yuzaga kelgan suv toshqini, 2017 yilning 25 avgusti 

Mavzuga oid