Jahon | 10:27 / 28.08.2017
5837
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh harbiylari Texasdagi suv omborlaridan suvni chiqarib tashlashni rejalashtirmoqda
AQSh harbiylari Texasdagi ikkita suv omboridan suvni chiqarib tashlashni boshlash niyatidalar, deb xabar bermoqda Reuters.
Ushbu chora Hyustondagi suv toshqinlari bilan kurashda yordam berishi kerak. Shaharda suv toshqinlari “Harvi” dovuli tufayli yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, suv omboridagi suv darajasi bir soatda 10 santimetrga ko‘tarilib bormoqda.
Avvalroq “Harvi” dovuli Hyustonni to‘liq qamrab olgani xabar qilingandi.