Asfalt-beton zavodi direktori davlat mulkini o‘g‘irlashda ayblandi
O‘zbekistonning huquqni muhofaza qilish organlari o‘z xizmat lavozimini suiste'mol qilgan holda davlat mulkini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoiy unsurlarga qarshi kurash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda.
Shu kunlarda Karmana jinoyat ishlari sudi Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi Avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi unitar korxonasi qoshidagi Asfalt-beton zavodining sobiq direktori 54 yoshli Pirmamat Husainovning ishi bo‘yicha qaror chiqardi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Husainov byudjyet mablag‘lari ishtirokida bir necha yirik firibgarlik ishlarini amalga oshirgan. Masalan, u sel oqimlari natijasida ziyon yetgan «Oqtosh – Yangirabot – Langar – Chuya» yo‘lining ta'mirlanishi davomida smeta hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni soxtalashtirgan. Natijada 19,5 million so‘mdan ortiq pul uning cho‘ntagiga tushgan.
Bundan tashqari, u 2016 yilda bajarilgan yo‘l-qurilish ishlarining hajmiga qo‘shimcha yozuvlar kiritib, yana 35,8 million so‘mni o‘zlashtirgan.
"Asfalt-beton zavodining Navoiy viloyati MXX boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi direktorning umumiy summasi 85,5 million so‘mdan ortiq boshqa firibgarliklarini ham aniqladi. Natijada Husainovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-(O‘zlashtirish yoki talon-taroj qilish yo‘li orqali o‘g‘irlik qilish) va 209-(Lavozimni suiste'mol qilib firibgarlik qilish) moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi", - deya ta'kidladi huquq-tartibot organi vakili.
Karmana jinoyat ishlari sudi Husainovni 3 yil va 6 oyga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi, shuningdek uni 1 yilu 6 oy mobaynida rahbarlik va mas'ul lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qildi. Tergov davomida sudlanuvchi davlatga 28,4 million so‘m miqdorida yetkazilgan zararini qopladi.
Mavzuga oid
10:01
Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
00:30 / 04.01.2025
“Qonunlar bilan adolatli ish yuritilsa, har tomonlama yaxshi bo‘lardi” – Apellyatsiya sudi qanday o‘tdi?
17:44 / 03.01.2025
G‘ayrat Do‘stov ustidan apellyatsiya sudida uning tobi qochgani sabab tanaffus e’lon qilindi
13:06 / 30.12.2024