«Arsenal» yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Liverpul»ga o‘tdi. Bu haqda mersisaydliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Bundan avvalgi xabarlarda klublar futbolchini 40 million funt evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishgani aytilgandi. «Liverpul» bilan Oksleyd-Chemberlen 6 yillik shartnoma imzolaydi.
Oksleyd-Chemberlen «Liverpul»da haftasiga 120 ming funt miqdorida maosh oladi. U «Arsenal» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi. London klubi unga haftasiga 180 ming funt miqdorida maosh to‘lash nazarda tutilgan shartnoma taklif etgandi.