O‘zbekiston | 18:30 / 10.09.2017
27306
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Eron va Afg‘oniston prezidentlari bilan uchrashdi

Foto: © Sputnik / Bolat Shayxinov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorligi tashkiloti sammiti doirasida bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashgan, deb xabar bermoqda Prezidentning rasmiy sayti.

Xabarga ko‘ra, Sh.Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashgan.

Foto: O‘zA

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.

So‘ngra Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashgan. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlangan.

Foto: O‘zA

Mavzuga oid