O‘zbekiston | 13:31 / 12.09.2017
7759
2 daqiqa o‘qiladi

Kontsert-tomosha faoliyati uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur emas

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 678-son qarori bilan “O‘zbekkonsert” DM markaziy apparatining tuzilmasi, uning mintaqaviy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi hamda davlat muassasasining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
 
O‘zbekkonsertning asosiy vazifalari belgilandi:
 
•  mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
•  konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
•  yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta'minlash va rag‘batlantirish;
•  milliy raqs va xoreografiya, opera san'ati, ansambl va orkestrlarning o‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yanada oshirish, ularning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish;
•  mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
 
Ilgari "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan berilgan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnomalar tegishli ravishda ushbu litsenziyalar va ruxsatnomalar berilgan muddatgacha amal qiladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi “O‘zbekkonsert” DMga qayta tashkil etildi. 

Mavzuga oid