O‘zbekiston | 19:14 / 12.09.2017
16464
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident jamoasi ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga e'tibor qaratmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev o‘zining Facebook sahifasida Prezident jamoasida ilk xodima paydo bo‘lganini ma'lum qildi. 

"Ajoyib yangilik! Agar yodingizda bo‘lsa, vazirligimizda yangi - O‘quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi ochilayotgani haqida xabar bergan edik. Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan kunimdan boshlab yangicha fikrlaydigan, Davlatimizdagi islohotlarga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yoshlar jamoasini yig‘ishni oldimga eng ustuvor maqsad qilib qo‘ygandim. Ana shu yangi boshqarmaning xodimlari va Prezident Jamoasining ilk a'zolari bilan sizni tanishtirib o‘tmoqchiman!

Gavhar Sagdullayeva - Boshqarma bosh nazoratchisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi. Respublikamizda qizlar yo‘nalishidagi eng ommabop Girls Development Club Tashkent - GDC (Barkamol qizlar klubi) loyihasi, Upgrade Women's Center loyihasi asoschisi, "Kelajak ovozi-2012" respublika tanlovi laureati, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar ko‘rik-tanlovining ishtirokchisi, Mening yurtim - MY5 telekanalining sobiq jurnalisti. 

 Foto: fb.co@alisher.sadullaev.zafarovich

Bugungi kunda oldimda turgan eng asosiy vazifalardan biri - yurtimiz o‘quvchi-qizlarini ta'lim sohasida loyihalar, fanga oid izlanishlar olib borishga yo‘naltirish, adabiyot, san'at, madaniyat sohalaridagi ilg‘orligini, ijtimoiy faolligini oshirish. Aynan shuning uchun Xalq ta'limi vazirligida bunga oid bir nechta loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan eng asosiysi "Barkamol qizlar klubi" loyihasini respublika maktablariga targ‘ib qilish. Bu sohani takomillashtirish Gavhar Sagdullayevaning vazifasiga kiradi", - deb yozadi Alisher Sa'dullayev.

Mavzuga oid