Jamiyat | 18:05 / 15.09.2017
12824
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvishlari uchun samarali usul

AQShning Shimoliy Karolina shtatida istiqomat qiluvchi o‘qituvchi Donna Jill Allen bolalarga taomdan avval qo‘lni yuvish muhimligini uchta non bo‘lagi misolida tushuntirib berdi.

Mirror’ning xabar berishicha, boshlanishiga o‘qituvchi qo‘lqoplarda birinchi non bo‘lagini «nazorat» paketiga soldi. So‘ng u qo‘lini yuvdi va ikkinchi bo‘lakni «toza qo‘llar» paketiga soldi.

Foto:  Facebook/Donna Gill Allen

«Siz non bo‘lagini aylanma shaklida uzatasiz. Sinfdagi har bir bola unga qo‘lini tekkizganda esa, «iflos qo‘llar» nomi berilgan paketga solasiz. Non vaqt o‘tishi bilan mikroblar tufayli qanday o‘zgarib borishini kuzating», - deydi Donna Jill Allen.

Uning ta'kidlashicha, bu «qo‘pol, lekin yaxshi tajriba bo‘lib, qo‘llarni yuvish naqadar muhim ekanini isbotlab beradi».

Mavzuga oid