Eron Iroq Kurdistoni bilan chegarasini yopishi mumkin
Eron agar Iroq Kurdistoni Bag‘doddan mustaqil bo‘lsa, u bilan chegarasini yopishga va'da berdi. Bu, shuningdek, Tehronda muxtoriyat bilan mavjud bo‘lgan kelishuvlarning qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Kurdistonning Iroq markaziy hukumatidan ajralishi umumiy chegaradagi barcha chegara o‘tishlarining yopilishini anglatadi”, deb aytgan Eron oliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamhaniy. Uning aytishicha, Eron “yagona Iroqnigina” tan oladi.
Iroq Kurdistoni hukumati markaziy hukumatning fikrini inobatga olmay, 25 sentabrda Iroqdan mustaqil bo‘lish bo‘yicha referendum o‘tkazishni belgilagan. Bag‘dodda referendum o‘tkazilishi noqonuniy deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
19:06
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024