Yamandagi vabo epidemiyasi 700 mingga yaqin kishini qamrab oldi
2017 yilning aprelidan Yamanda 700 mingga yaqin kishi vabo bilan kasallandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning hisobotiga ko‘ra, epidemiya avj olganidan (27 apreldan) beri Yamanda vaboga yo‘liqqanlar soni 698 371 kishini tashkil qilgan.
Ko‘rsatilgan vaqt ichida Yamanda 2101 kishi vabodan halok bo‘ldi. Vabo bilan kasallanganlarning 25 foizi bolalar bo‘lib, 18 yoshdan kichiklari soni 55,5 foizni tashkil qiladi.
Ikki yillik faol jangovor xatti-harakatlardan so‘ng vayron qilingan infratuzilma Yamanda vaboning avj olishi uchun sharoit yaratdi.
O‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri kelgan 3 million kishi har kuni toza ichimlik suvining yetishmasligi va antisanitariya tufayli vaboga yo‘liqish xavfi ostidadir.
Yamanda 2014 yildan buyon qurollangan nizo davom etib kelmoqda, unda bir tomondan shialarning "Ansarulloh" harakati va sobiq prezident Ali Abdulloh Solih tarafdorlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan prezident Abdurabbu Mansur Xadiy va hukumat qo‘shini turibdi.
Mavzuga oid
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
10:10 / 26.11.2024
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
11:20 / 11.11.2024