Qozog‘istonda O‘zbekistondagi talab tufayli kartoshka narxi keskin oshib ketdi
O‘zbekistonda kartoshkadan ko‘p hosil olinmayotgani tufayli Qozog‘iston ichki bozorida kartoshkaning narxi keskin o‘smoqda. Bu haqda Qozog‘iston Kartoshka va sabazavotchilik uyushmasi boshqaruv raisi Qayrat Bisetayev ma'lum qilgan.
Ayni paytda Qozog‘iston bozoridagi kartoshkaning o‘rtacha narxi avgust oydagi 80 tenge ko‘rsatkichidan 150 tengegacha ko‘tarildi.
«Butun avgust va sentabr oyida qo‘shni mamlakatda kartoshkaga bo‘lgan talab yuqori bo‘ldi. O‘zbekistonlik xaridorlar kartoshka mahsulotlarini faol tarzda sotib olishi hisobiga ichki bozordagi narx-navo siyosati ham beqaror bo‘lib qolgandi. Shu kunlarda O‘zbekistonda hosilni yig‘ishtirib olish davri boshlandi. O‘ylaymanki, bu zaxira ulardagi ichki bozorni kelgusi ikki oy davomida bemalol ta'minlashga yetadi», deydi u.
Mutasaddi vakilning fikriga ko‘ra, Qozog‘iston ichki bozordagi talab va taklif muvozanatini mo‘'tadil saqlab turish va sun'iy pul inflyatsiyasini kelib chiqishini bartaraf etish uchun ayrim tovarlarga, xususan kartoshka eksportiga qo‘yilgan boj to‘lovini oshirishi lozim.
Mavzuga oid
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55 / 26.12.2024
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024