Tojikiston O‘zbekiston ahlini qanday mahsulotlar bilan hayratlantirmoqchi
Toshkentda 11 oktabrda ochilgan Tojikiston sanoat mahsulotlarining O‘zbekistondagi birinchi ko‘rgazmasida 150 ga yaqin kompaniya o‘z mahsulotini taqdim qildi. Ko‘rgazma "O‘zekspomarkaz" pavilonlarida o‘tmoqda va 14 oktabrgacha davom etadi.
Ko‘rgazmada qurilish materiallari, tog‘-kon, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatlari mahsulotlari (sanoatda ishlatiluvchi portlovchi materiallar, alyumin profillar, qurilish armaturasi) taqdim qilingan.
Yengil sanoatdan paxta tolasi va matolar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, paypoqlar, ishlov berilgan vet-blyu charmi, gilamlar, atlas, oziq-ovqat mahsulotlari namoyish qilinmoqda.
"Barcha mahsulotlar sifat sertifikatiga ega, jahon bozori talablariga javob beradi, ichki va tashqi bozorlarda o‘z xaridorlariga ega. Iste'molchilar tomondan bu mahsulotlarning sifatiga shu kungacha hech qanday e'tiroz bo‘lmagan", deb aytildi Tojikiston sanoat vazirligida.
O‘zbekiston sanoat mahsulotlarining birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi Dushanbeda joriy aprel oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilgandi.
Dushanbeda o‘tgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning 160 dan ko‘proq kompaniyasi o‘z mahsulotini 4 kun davomida namoyish qilgan. Umumiy hisobda ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 1500 dan ko‘proq nomdagi mahsulot namoyish qilingan.
Ko‘rgazma va ikki davlat tadbirkorlari ishtirokidagi forum natijalariga ko‘ra 35 mln dollardan ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan, hamkorlik haqidagi 20 ga yaqin hujjat imzolangan.
Suratlar manbasi: Radio "Ozodi"
Mavzuga oid
08:01
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024