Sport | 14:20 / 12.10.2017
7845
1 daqiqa o‘qiladi

Falkao Peru futbolchilari bilan durangni muhokama qilganini tan oldi

Foto: Actual Fútbol

Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Radamel Falkao Peru yarimhimoyachisi Renato Tapiya bilan JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan va parallel ravishda kechayotgan o‘yinlarning natijasini muhokama qilganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin ikkala tomonni ham qoniqtiruvchi 1:1 hisobi bilan tugagan edi.

"Biz boshqa uchrashuvlarda nima yuz berayotganini bilardik. O‘yin davomida boshqa stadionlardagi natijalardan xabardor bo‘lib turdik. Qaysidir vaziyatda, bu haqda raqibga ham aytishga qaror qildim" - deb, Falkao so‘zlaridan The Telegraph iqtibos keltiradi.

"Biz o‘yinni kerakli hisob bilan yakunladik. Radamel menga har ikkala terma jamoa ham final bosqichiga chiqayotganini aytdi. Ammo biz faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz" - deb ta'kidladi Tapiya.

Mavzuga oid