Jahon | 01:00 / 03.11.2017
34027
7 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng zaharli ko‘llari

Foto: Don't Panic

Baykal, Michigan, Viktoriya – bu mashhur ko‘llar bir necha avlodga yetadigan eng toza ichimlik suvi zahiralarini o‘zida saqlaydi. Biz 80 foizga suvdan tashkil topganmiz, shuning uchun bu biz uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Biroq barcha ko‘llar ham o‘z tozaligini saqlab qola olmagan. Shotlandiyaning go‘zal ko‘llari nafaqat Lox-Ness pleziozavri qidiruvlari bilan, balki ikki asrdan ziyod vaqtdan buyon Britaniya orollaridagi eng asosiy transport  kanallaridan biri ekani ekani bilan ham mashhur. Lox-Nessdagi fauna va flora qo‘shni ko‘llardan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Don'tPanic insonlar xatti-harakatlari natijasida hayotni yo‘qqa chiqargan ko‘llar haqida ma'lumot berdi.

 

Rio Tinto, Ispaniya

Foto: Don't Panic

Rio – daryo, Tinto – qizil. Portugaliyalik mustamlakachilar  o‘z vaqtida Braziliyani qizil daraxtning mahalliy nomi bilan atashgan. Ispaniyaning Andalusiya provinsiyasi hanuz Yevropada joylashgan. Biroq shunisi achinarliki, uch ming yildan ortiq vaqtdan buyon u yerdan oltin, kumush, mis, nikel, molibden qazishadi... O‘rta asrlarda simob ham qazib olishgan. Natijada ko‘lning qanchalik ifloslanganini tasavvur qilish qiyin emas. Shunisi ajablanarliki, bu yerda havo ham kerak bo‘lmagan, biroq azot zarur bo‘lgan ekstremal-bakteriyalar yashaydi. Astrobiologlarning taxminlariga ko‘ra, bakteriyalarning bu turi Mars sayyorasiga yaxshi moslashadi.

 

Karachay, Rossiya

Foto: Don't Panic

Atomchi-olimlar bu ko‘lga faqat bir holatdagina borishadi: hayotni qiynoqli o‘lim bilan tugatishni istashsa. Ushbu ajoyib surat 1975 yilgi Kishtim halokatidan keyin stronsiydan plutoniygacha bo‘lgan eng halokatli radioaktiv elementlarning barcha taniqli izotoplarini yashiradi. 2017 yil o‘lchamlarining ko‘rsatishicha, ko‘l qirg‘og‘ida to‘liq kimyo- va radiohimoyali kiyimsiz bir soatdan kam turilsa, halokatli dozali radiatsiya kafolatlanadi. Baliqchilar ko‘lning ba'zi joylarini yaxshi ko‘rishadi, zero u yerda misli ko‘rilmagan hajmdagi baliqlar suzadi. Biroq hatto shunday jasur odamlar ham uni yeyishga jazm qilishmaydi.

 

Sitarum, Indoneziya

Foto: Don't Panic

Hind okeani ulkan. Indoneziya arxipelagi - dunyodagi eng yirik arxipelag. Biroq suv bilan bog‘liq muammolar u yerda sanoat inqilobidan ancha oldin boshlangan. Hozirda kamida 300 million kishi suvga to‘yishi uchun uni qaynatishiga to‘g‘ri keladi va bularning bari tropik iqlimda. Sitarum ko‘lida 100dan ortiq kimyoviy korxonalar chiqindilari oqiziladi. Aksariyati guruch dalalariga ham borib quyiladi. 2011 yilda hukumat vaziyat yechimini topishga va'da bergandi. 15 yilga mo‘ljallangan ko‘lni reabilitatsiya qilish loyihasining qiymati 4 milliard dollarga baholangan. Vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda.

 

Qaynar ko‘l, Dominikan respublikasi

Foto: Don't Panic

Bu Kamchatka emas, Yyelloustoun ham emas, biroq Dominikan qaynar ko‘li suv haroratiga ko‘ra dunyoning ikkinchi eng issiq ko‘lidir. Bu neyzer vodiy emas, to‘laqonli ko‘l. U Yo‘qlik vodiysida joylashgan - so‘zlovchi nom qirg‘oqdagi Tselsiy bo‘yicha 83-93 darajaga teng haroratda ko‘lda umuman hech kim yashamasligi bilan izohlanadi.

 

Zumrad ko‘l, Buyuk Britaniya

Foto: Don't Panic

U ajoyib ko‘rinishga ega, biroq unga hatto qo‘l solib ko‘rishga ham qiziqmang. Bunday chiroyli rang hatto Chernobil o‘lchamlarini ham ortda qoldiruvchi zaharli moddalar konsentratsiyasi bilan izohlanadi. Ko‘lga hech kim respiratorsiz yaqinlashmaydi, zero ammiakning bunday o‘tkir hidi hatto kalamushlarni ham cho‘chitib yuboradi. Shunisi ajablanarliki, tadqiqotlar ko‘ldagi suvning o‘z-o‘zidan tozalanishini ko‘rsatgan.

 

Taqa-ko‘l, Kaliforniya

Foto: Don't Panic

Kaliforniya nafaqat o‘z milliarderlari soni bilan, balki xavfli ekologiyali joylari bilan ham mashhur. Ulardan biri - Taqa-ko‘l. Uch nafar professional o‘rmonchi ko‘lni rejali ko‘zdan kechirayotgan vaqtda unga haddan tashqari yaqin kelganiga doir voqea ancha tanilgan.

 

Yolg‘iz ko‘l, Kaliforniya

Foto: Don't Panic

Juda qadimiy va yolg‘iz ko‘l Kaliforniyadani eng xavfli maskanlarning ikkinchisidir. U Tinch okeaniga chiqishga ega emas, biroq sho‘rligi xuddi shunday va zaharli kimyoviy birikma - 10 pH. Olimlarning aniqlashicha, bunga muz davridan qolgan ohaktosh-tuz ustunlari sababdir.

Ba'zan ko‘lga qushlar uchib keladi - ornitologlarning taxmin qilishicha, ular shunchaki qiziqish sabab ko‘lni ziyorat qilishadi, zero ularning hid bilish xususiyati juda rivojlangan bo‘lib, halokatli xavfni sezmasligi mumkin emas. Faqat eng kuchlilargina omon qoladi.

 

Kivu: Kongo va Ruanda

Foto: Don't Panic

Ko‘l yarim asrdan buyon davom etib kelayotgan to‘xtovsiz urushlarning old saflarida. Bu o‘z-o‘zidan uni hayot uchun xavfli qiladi. Biroq tabiat dushman davlatlar uchun bu chegarani o‘zi yaratgan: ko‘l tubidan muntazam ravishda metan va uglerod oksidi ajraladi; yetarlicha suv yig‘ilgandan so‘ng unga qarata o‘q uzish yoki gugurt tashlashning o‘zi kifoya. Bunday holatlar bo‘lgan ham va ularning bari doim 50-100 km radiusdagi butun tirik jonzotning o‘limi bilan tugagan.

Afrikada suv osti vulqonlari talaygina, biroq bunisi eng xavflisidir.

Mavzuga oid