Livan bosh vaziri Saad Haririy iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda mahalliy LBC telekanali “Al-Mustakbal” partiyasidagi o‘z manbasiga tayangan holda.
"(Haririy yetakchi bo‘lgan) “Al-Mustakbal”dagi manba Livan bosh vaziri iste'foga chiqqani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi", - deya xabar bermoqda telekanal.
Saad Haririy Livan bosh vaziri lavozimini 2009-2011 yillarda va 2016 yilning noyabr oyidan boshlab egallab kelgan.