2018 yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun pley-off raundining 1-uchrashuvida Gonduras va Avstraliya terma jamoalari durang natija qayd qilishdi. Gondurasning San-Pedro-Sula shahridagi “Olimpiko Metropolitano” stadionida o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
O‘yin keskin ruhda o‘tgan va o‘yinchilar umumiy hisobda 8 ta ogohlantirish olishgan.
Shu tariqa, ushbu juftlikda Rossiyaga yo‘llanma taqdiri 15 noyabrda Sidneyda o‘tadigan javob uchrashuvida hal bo‘ladi.
JCh-2018. Qit'alararo pley-off. 1-uchrashuv.
Gonduras – Avstraliya – 0 : 0
Gonduras: Eskober, Bekeles, Isagirre, Palasios, Figeroa, Lansa (Chirinos 60), Mexiya, Klaros, Lopes (M. Martines 66), E. Losano (Kostli 73), Kioto.
Avstraliya: Rayan, Yurman, Seynsberi, Rayt, Bexich, Risdon (Degenek 84), Muy, Yedinak, Luongo, Irvayn (Rogich 74), Yurich (Rukavitsa 89).
Ogohlantirishlar: Bekeles 19, Palasios 38, Risdon 39, Yurman 47, Seynsberi 48, Klaros 78, Luongo 87, M. Martines 90+3.