Jahon | 16:45 / 14.11.2017
17112
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev: «AQSh bilan munosabatlar kun sayin yomonlashmoqda»

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi munosabatlar darajasiga izoh berdi.

«Aloqalar, qandaydir masalalarni muhokama qilish imkoniyati borligiga qaramay, o‘zaro munosabatlarimiz kun sayin tanazzulga yuz tutayotgani juda yomon», - deya Medvedevning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-AQSh munosabatlari so‘nggi o‘n yillikdagi eng past nuqtada turibdi.

Avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan Tramp Putin tomonidan qo‘rqitilgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid