Jahon | 23:37 / 17.11.2017
5774
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyaning Daur-az-Zoridagi teraktda 35 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning Daur-az-Zor viloyatidagi “Suriya demokratik kuchlari”ga qarashli nazorat-o‘tkazish punkti yonida minalashtirilgan avtomobil portlatildi.
“Sinxua” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Portlashni IShID xudkushi amalga oshirgan.
SANA axborot agentligining ma'lum qilishicha, mashina Al-Faraj qishlog‘idagi qochqinlarni qabul qilish markazi yonida portlagan.
Avvalroq Suriya qurolli kuchlar bosh shtabi Daur-az-Zor jangarilardan to‘liq ozod qilinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
13:27 / 25.12.2024