O‘zbekiston | 17:20 / 20.11.2017
18701
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketdi

20 noyabr kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan uch nafar bemor qochib ketgan. Bu haqda Kun.uz'ga ishonchli manba xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, muassasadan qochishga muvaffaq bo‘lgan bemorlar o‘tgan davrda jinoiy harakatlari uchun javobgarlikka tortilgandi. Ulardan biri o‘g‘rilik, ikkinchisi giyohvandlik moddasini tarqatish, uchinchisi tanaga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish kabi qilmishlarga qo‘l urgan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, bemorlarning ikki nafari qashqadaryolik, uchinchisi esa Samarqand viloyatidan bo‘lgan. Shifoxonada signalizatsiya o‘z vaqtida ishlamagani tufayli bemorlar qochish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajargan. Ulardan biri telefon aloqasi orqali onasi bilan gaplashib, «ayni paytda Toshkent shahrida ekani va taksiga pul zarur»ligini ma'lum qilgan.

Shifoxona xodimlari, qo‘riqlash posti xizmatchilari mazkur hodisaga izoh berishdan bosh tortmoqda. Ayni paytda Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor-qidiruv ishlari boshlangan.

Mavzuga oid