BMW va Fiat-Chrysler kompaniyalari mashinalarini qaytarib olmoqdalar
BMW AG kompaniyasi 2014 yildan hozirgi kungacha sotilgan barcha i3 modelidagi elektromobillarini qaytarib olmoqda. Bu haqda Automotive News nashri xabar bermoqda. Avtomobillarning qaytarib olinishi bu mashinalardan past bo‘yli odamlar foydalanishlari katta xatarga egaligi bilan bog‘langan.
Avtomobil bilan o‘tkazilgan kresh-testlar shuni ko‘rsatdiki, bo‘yi 152 sm atrofida va og‘irligi 50 kg ga yaqin bo‘lgan odamlarda agar ular xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lsalar, bo‘yin qismidan jarohat olish xatari birmuncha yuqori ekan.
BMW tomonidan sotilgan 30,542 mingta i3’dan 29,383 tasi AQSh hisobiga to‘g‘ri keladi.
Yana bir avtomobilsozlik kompaniyasi – Fiat Chrysler Automobiles 8 mingta Jeep yo‘ltanlamaslarining qaytarib olinishini ma'lum qildi. Yo‘ltanlamasning qaytarib olinishi xavfsizlik yostiqchasidagi nosozlikni bartaraf etish bilan bog‘langan. Bu nosozlik haydovchi yonida o‘tirgan yo‘lovchilarga xavf solishi mumkin.
Joriy yilning sentabridan 19 noyabrigacha sotilgan Jeep Compass mashinalari qaytarib olinmoqda. Ulardan 7 mingtasi AQShda sotilgan. Bu mashinalar Meksikaning Toluka shahrida ishlab chiqariladi.
Fiat Chrysler Automobiles xavfsizlik yostiqchalaridagi nosozlik bilan bog‘liq biror ko‘ngilsiz voqea yuz bergani noma'lum bo‘lsa-da, avtomobil egalarini muammo bartaraf etilmaguncha oldi o‘rindiqqa yo‘lovchi o‘tkazmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
13:31 / 23.12.2024
BMW Rossiyaga avtomobil yetkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni tan oldi
22:19 / 18.10.2024
BMW avtomobillari yangi ko‘rinishda ishlab chiqariladi
20:36 / 03.09.2024
BMW kompaniyasi 140 mingdan ortiq elektrokarini chaqirib oladi
23:08 / 22.08.2024