O‘zbekiston | 08:27 / 24.11.2017
13168
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi parlamentiga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot markazi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
  
Spiker davlat rahbarini qutlar ekan, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta'kidladi.

Joriy yil 26 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. O‘sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lgan bugungi muzokaralar o‘zaro ishonch va samimiy ruhda o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, prezident Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.

Mavzuga oid