Jahon | 14:18 / 02.12.2017
10214
1 daqiqa o‘qiladi

«Turkmangaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Ca-news

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mirat Archayevni Turkmaniston davlat vaziri – «Turkmangaz» davlat konserni raisi etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati juma, 1 dekabr kuni xabar bergan.

«Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning Farmoniga muvofiq Archayev Mirat Gurbandurdiyevich Turkmaniston davlat vaziri - «Turkmangaz» davlat konserni raisi etib tayinlandi», - deyiladi xabarda.

U 2017 yilning aprelidan beri Turkmaniston gaz idorasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotgandi. Bu lavozim esa mamlakat hukumatidagi eng muhimlaridan biri hisoblanadi.

Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha Rossiya, Eron va Qatar bilan jahondagi eng yetakchi to‘rt davlat qatoriga kiradi. Turkmaniston gaz sohasi mamlakat byudjyetidagi daromadlarning katta qismini ta'minlaydi.

Mavzuga oid