Fan-texnika | 21:35 / 11.12.2017
6972
2 daqiqa o‘qiladi

Alibaba va Tencent to‘lov tizimi bozoriga yangilik kiritmoqda

Foto: Reuters

Xitoyning ikki yirik texnologik kompaniyasi to‘lov tizimi urushida to‘qnash kelmoqda. Bunda gap xitoylik iste'molchilar imkon qadar ular ishlab chiqqan to‘lov tizimidan foydalanishda ham emas. 

So‘nggi yillarda Alibaba va Tencent o‘zlarining to‘lov ilovalarini xalqaro darajaga olib chiqdi. Ular xorijiy to‘lov tizimlari bilan ko‘pmilliardli kelishuvlarga erishdi va moliyaviy texnologiyalar startaplarida ulushlarni xarid qilganini e'lon qildi. Albatta maqsad Osiyodan tortib AQShgacha bo‘lgan keng hududdagi xaridorlarni har qanday xaridni amalga oshirishda aynan o‘zlarining raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanishga ishontirishdir. Shu bilan ular bozorni, onlayn zayomlar, sug‘urta va aktivlarni boshqarish kabi yanada foydaliroq takliflarga tayyorlashni rejalashtirmoqda. 

Bu esa Xitoyda allaqachon haqiqatga aylangan. Alibaba elektron tijorat gigantining sho‘'ba korxonasi Ant Financial tomonidan ishlab chiqilgan Alipay tizimi 520 mln foydalanuvchiga egaligi bilan faxrlana oladi. Tencent kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan TenPay ilovasidan 400 mln kishi foydalanadi. Ikkala xizmat ham tezkorlik bilan naqd pul va bank kartochkalarini iste'moldan siqib chiqarmoqda va tez orada ular aholi soni bo‘yicha eng yirik davlatdagi eng ommabop to‘lov vositasi bo‘lishga da'vogarlik qilmoqda. 

Foydalanuvchilar kredit olishlari, qimmatli qog‘ozlar xarid qilishi va ushbu ikki ilova yordamida o‘z aktivlarini boshqarishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda ushbu ikki kompaniyaning texnologik mahsulotlari mahalliy mobil to‘lovlar bozorining 90 foizdan ortig‘ini nazorat qiladi. Uning hajmi esa, Pekin konsalting kompaniyasi IResearch hisob-kitoblariga binoan 5,5 trln dollarni tashkil etadi. 

Mavzuga oid