Yaponiyaliklar 2017 yil belgisini tanlashdi. Bunga bag‘ishlangan marosim Kiotoda bo‘lib o‘tdi.
Dekabr boshidan beri iyerogliflar bilan bog‘liq bilimlarni tekshirish jamiyatiga 2017 yilning iyeroglifi bo‘yicha variantlar bildirilgan maktublar kelib tushgan.
Natijada Yaponiyada Shimoliy Koreyani anglatuvchi “Shimol” (kito) iyeroglifi yil belgisi sifatida tanlangan.
Mutaxassislarning fikricha, bu belgining tanlanishi yaponiyaliklarning Shimoliy Koreyadagi raketa va yadroviy sinovlardan qo‘rquvlarini aks ettiradi.