17:39 / 18.12.2017
15512

Peterburgda MRB yordamida qo‘lga olingan shaxslardan biri markaziy osiyolik 

Foto: Wikimedia Commons

Sankt-Peterburgning Smolniy tumani sudi 17 dekabr kuni Tojikiston fuqarosi Feruz Kalavurov, dog‘istonlik Shamil Umargajiyev, ingushetiyalik Olisxon Esmurziyevni 14 yanvarga qadar qamoqda saqlash haqida sanksiya berdi, ular teraktlarga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda. Ushbu shaxslar AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumot yordamida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RBK.

Kreml matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, ma'lumot Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida hujumlar sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan terrorchilarni qo‘lga olishda yordam berdi. Gap, xususan, Qozon cherkovida portlash amalga oshirishni rejalashtirgan jangarilar haqida bormoqda.

Uch shaxsning barchasi Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti bo‘yicha Bosh boshqarmasi «E» markazi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot 14 dekabr kuni Sankt-Peterburgning Tsentralniy hamda Kirov tumanida o‘tkazildi. Gumonlanuvchilar o‘z ayblarini tan olishayotgani yo‘q hamda ularga qurol-yarog‘ni atayin tashlab qo‘yishganini ma'lum qilishmoqda. Ish materiallarida ko‘rsatilishicha, gumonlanuvchilar Anton Kobets va Yevgeniy Yefimov bilan aloqada bo‘lishgan, bu ikki shaxs esa Peterburgning Qozon cherkovida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanmoqda.

Mavzuga oid
Top