Jahon | 16:26 / 22.12.2017
4524
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing Braziliyaning Embraer'ini sotib olmoqchi

Foto: Benzinga.com

Amerikaning Boeing aviakorporatsiyasi Braziliyaning Embraer SA aviasozlik konglomeratini xarid qilishga doir muzokaralarni o‘tkazmoqda. Bu haqida Boeing matbuot relizida xabar berildi.

Aniqlik kiritilishicha, ayni damda tomonlar shartnomaning asosiy parametrlarini muhokama qilishmoqda.

"Biz muhokamalar qandaydir tranzaksiyalarni amalga oshirishga olib kelishiga kafolat bermaymiz", - deyiladi matbuot relizida. 

Boeing va Embraer bu borada hech qanday qo‘shimcha izohlar bermagan.

Mavzuga oid