Jahon | 20:19 / 27.12.2017
6842
1 daqiqa o‘qiladi

“Okxi” siklonidan keyin 650 dan ko‘proq hind dengizchisi bedarak qolmoqda

Foto: REUTERS / Sivaram

Dekabr boshida Hindistonning janubiy sohillari va Shri-Lankaning ba'zi hududlariga yopirilgan “Okxi” siklonidan keyin 650 dan ko‘proq hind dengizchisining qayerdaligi noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqda Hindiston hukumatiga iqtibos keltirgan holda xorijiy OAV ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Hindiston mudofaa vaziri Nirmala Sitaraman mamlakat parlamentidagi nutqida 661 dengizchi hamon topilmaganini aytgan. Biroq vazir ular halok bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligini aytmagan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, “Okxi” sikloni tufayli Hindistonda 250 kishi, qo‘shni Shri-Lankada esa 27 kishi halok bo‘lgan. 

Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Hindistonning Kerala shtatiga to‘g‘ri kelgan. Bo‘ron mingdan ko‘proq inshootga talofat yetkazgan, 74 ta inshoot vayron bo‘lgan. 

Mavzuga oid