NASA koinot agentligi 2017 yilda Instagram’dagi akkauntida joylashtirilgan eng ommaviy suratlar reytingini tuzdi. Ro‘yxatdan obunachilarga eng ko‘p yoqqan 10 surat o‘rin oldi. Barcha suratlar videoga birlashtirilib, YouTube’da joylashtirildi.
Reytingda 1-o‘rinni (1471114 ta layk) Kaskeyd ko‘li ustida qayd qilingan quyosh tutilishi surati oldi. 2-o‘rinni (1144503 ta layk) yana bir quyosh tutilishi surati oldi. 3-o‘ringa (1042403 ta layk) NASA fazogiri Mark Tomas Vande Xey tomondan Xalqaro koinot stansiyasidan tasvirga olingan sayyoramizning tungi ko‘rinishi surati loyiq topildi.