Hojimurod Hojimurodov Turkmaniston prezidenti devoni va vazirlar mahkamasi ishlari boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda 2 yanvar kuni Turkmaniston rahbarining matbuot xizmati xabar bergan.
«Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning farmoni bilan Hojimurod Iskandarovich Hojimurodov Turkmaniston prezidenti devoni va vazirlar mahkamasi ishlari boshqaruvchisi etib tayinlandi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bundan avval u Turkmaniston prezidenti devonining ishlar boshqarmasida davlat rahbari saroy majmuasini boshqarish va kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.