Eronda boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish taqiqlandi. Bu haqda Eron ta'lim vaziri Mahdi Naviz-Adhamga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Vazirning aytishicha, Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Hamaneiy ingliz tilini erta yoshdan o‘rganish “g‘arb madaniyatining ekspansiyasi”ga yo‘l ochib berishini aytgan.
“Ingliz tilining hukumat va nohukumat boshlang‘ich maktablarida o‘qitilishi qonun va me'yorlarni buzadi”, deb aytgan ta'lim vaziri.