Sport | 08:58 / 05.02.2018
7208
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ prezidenti Pyongchangdagi Olimpiya qishlog‘ida Yarashuv devorini ochdi

Foto: Getty Images

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 9 fevralda qishki Olimpiada boshlanadigan Pyongchangdagi Olimpiya qishlog‘ida Yarashuv devorini ochdi. Balandligi 3 metr, uzunligi 6,5 metr keladigan beton devor Olimpiya o‘yinlarining eng qadimiy an'analaridan biri – tinchlik, urushlar to‘xtashini ifodalaydi. 

25 fevralgacha davom etadigan o‘yinlarda Olimpiya qishlog‘ida yashovchi sportchilar Devorda o‘zlarining ezgu niyatlarini qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu Olimpiadada Shimoliy Koreya sportchilarining ishtirok etishi hamda ayollar xokkey musobaqasida Shimoliy va Janubiy Koreya xokkeychilaridan tuzilgan birlashgan jamoa ishtirok etishi bu an'anani yanada ta'sirchan qiladi.

Devorning muallifi mahalliy dizayner Li Chjye Sok hisoblanadi.

Mavzuga oid