Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi
Orol dengizi bo‘yida 2017 yilda ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev ma'lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida Tazabay Grand Service kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.
Shuningdek, shu joyning o‘zida — Orol dengizi sohilida Muinok tour kompaniyasi tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.
Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Turistik komplekslar O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017—2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024