O‘zbekiston | 19:06 / 27.02.2018
8765
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtasanoat ilmiy markazi» faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi

Foto: KUN.UZ

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksionerlik jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar qildi.

Hujjatga asosan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning asosiy yo‘nalishilaridan biri sifatida sohadagi dolzarb ilmiy masalalarni hal etish, paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashda ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish belgilanmoqda.

Shuningdek, 2018–2020 yillarda Respublikada xom ashyosini dastlabki qayta ishlashning texnika va texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga asosan, shu jumladan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning laboratoriya-sinov bazalari modernizatsiya qilinadi, urug‘lik paxta chigitini tayyorlash texnologiyasi, paxta xom ashyosini qabul qilishda uning sifat ko‘rsatkichlarini ta'minlash tizimi va vositalari takomillashtiriladi.

Mavzuga oid