Sport | 10:50 / 04.03.2018
12155
2 daqiqa o‘qiladi

Abror Tursunpo‘latov murabbiylik qilayotgan Kovalyov WBO kamarini himoya qildi

Foto: Twitter / @HBOboxing

Yarim og‘ir vaznda (79,38 kg) WBA (Super) va IBF versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 34 yoshli rossiyalik Sergey Kovalyov WBO kamarini himoya qildi. Nyu-Yorkdagi «Medison Skver Garden» arenasida o‘tkazilgan jangda u rossiyalik Igor Mixalkinga qarshi ringga chiqdi va 7-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Sergey Kovalyov 2016 yilning noyabrida kamarni amerikalik Andre Uordga boy bergan, 2017 yil kuzida ukrainalik Vyacheslav Shabranski ustidan g‘alaba qozonib, kamarni qaytarib olgandi. Mixalkin ustidan g‘alaba Kovalyov uchun Uordga qarshi ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin ikkinchi g‘alaba bo‘lmoqda. 2016 yilgi mag‘lubiyatdan keyin u 2017 yil iyunida revansh jangini o‘tkazgan, ammo sakkizinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazgandi.

Shundan keyin Kovalyov murabbiyini o‘zgartirgan, uni amerikalik Jon Devid Jyekson o‘rniga o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov shug‘ullantira boshlagandi.

Foto: Fightnews.info

Abror Tursunpo‘latov professional ringga o‘tgan Fazliddin G‘oibnazarovga ham ustozlik qilmoqda.

Endi Sergey Kovalyov hisobida 35 jangda 32 g‘alaba (28 nokaut), 2 mag‘lubiyat va bir durang bor.

Mavzuga oid