Savchenko ukrainalik harbiylarning davlat to‘ntaruviga tayyor ekanliklarini aytdi
Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savchenko ukrainalik harbiylar davlat to‘ntaruvida ishtirok etishga tayyor ekanliklarini aytdi.
Uning aytishicha, Ukrainada amaldagi hokimiyatni to‘ntarishga rozi bo‘lgan harbiylar keragidan yetarlicha. Savchenkoning ta'kidlashicha, harbiylar sobiq prezident Viktor Yanukovichga ham qarshi borishga tayyor bo‘lganlar.
“Harbiylar – aytganini qiladigan odamlar. Ular kam gapiradilar, ko‘p latifalar aytishadi va ularning kuchi shunda. Ular ko‘pincha kaltafahmlar va buyruqlarni bajaradilar, biroq ulardagi sabrning ham chegarasi bor”, deb aytgan Savchenko.
Avvalroq Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Savchenkoni parlament binosida terakt tayyorlashda ayblagandi.
Lutsenko radadan Savchenkoni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berishini so‘ragan. Bunga esa Savchenko bosh prokurorni “aqldan ozib qolibdi” deb javob qilgan
Mavzuga oid
21:42
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024