Jahon | 08:22 / 22.03.2018
15669
1 daqiqa o‘qiladi
MRB sobiq rahbari Trampning Putinga «iliq munosabati» sababini aytdi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Jon Brennanning ma'lum qilishicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga qarshi «nimagadir ega bo‘lishi» mumkin, aynan shuning uchun Oq uy rahbari RF yetakchisi Vladimir Putinga «iliq munosabatda». Bu haqda The Hill yozmoqda.
«Menimcha, ruslarda nimadir bor, hamda Tramp shuning uchun tashvishda. U ruslarda o‘ziga qarshi nima bor yoki yo‘q ekanini hammadan ham ko‘ra yaxshi biladi», - deya aytib o‘tdi Brennan.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning Putinga nisbatan harakatlarini «tushuntirish» juda mushkul.
Mavzuga oid
10:43
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
07:55 / 20.12.2024
Zelenskiy Putinning «Oreshnik» bilan «duel» haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
23:27 / 19.12.2024