Urganchdan Rimga ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan ilk bor Urganchdan Rim (Italiya)ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi.
Shu munosabat bilan Italiya poytaxtidagi Leonardo da Vinchi nomidagi xalqaro aeroportda ushbu davlatdagi “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning vakolatxonasi, mamlakat elchixonasi hamda aeroport ma'muriyati tomonidan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
“TTG Italia” va “Trasporti-Italia” kabi taniqli nashrlarda ushbu tadbir haqida chop etilgan maqolalarda yangi reyslar O‘zbekistonga maksimal qulaylik bilan tashrif buyurishni xohlovchilar uchun ekanligi ta'kidlandi.
Jadval bo‘yicha samolyot har seshanba kuni Rimdan soat 20:45da havoga ko‘tarilsa, keyingi kun tongida soat 05:45da Urganchga qo‘nadi. Ortga amalga oshiriladigan reys Toshkentdan soat 15:20da yo‘lga chiqib, mahalliy vaqt bo‘yicha soat 07:15da Rimga yetib keladi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
21:57 / 09.11.2024