Jahon | 10:08 / 06.04.2018
36163
1 daqiqa o‘qiladi

«Novichok» qayerda ishlab chiqarilgani aytildi

Foto: Depositphotos

Buyuk Britaniya razvedka xizmati vakillarining ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda ishlatilgan modda Saratov yaqinidagi Shixani shahrida joylashgan harbiy ilmiy-tadqiqot bazasi hududida ishlab chiqarilgan. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda razvedka vakillari Britaniya ittifoqchilarining maxsus instruktiv yig‘ilishida aytib o‘tgan. Shu bilan birga, ushbu tadbir «jahon yetakchilarini zaharlanish ortida Moskva turganiga ishontirish» maqsadida tashkil etilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu yig‘ilish davomida Britaniya vakillari «Novichok» kimyoviy moddasi Rossiya janubi-g‘arbiy qismidagi Shixani obektida ishlab chiqarilgani» haqida ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, bu brifing 28 davlatdan rossiyalik 150dan ortiq diplomatni chiqarib yuborishga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuliya Skripal ilk bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.

Mavzuga oid