Jahon | 09:29 / 07.05.2018
4285
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Xaspelni MRB rahbarligidan ketmaslikka ko‘ndirmoqchi

Foto: AP

Oq uy vakillari MRB rahbari vazifasini bajaruvchi Jina Xaspelni boshqarma boshlig‘i lavozimidan voz kechmaslikka ko‘ndirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MSNBC manbaga asosan xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uy xodimlari ayni damda MRB bosh qarorgohiga yo‘l olgan, ular Xaspel bilan suhbatlashishni mo‘ljallagan.

Avvalroq, OAV Xaspel boshqarma boshlig‘i lavozimidan voz kechishi mumkin ekanini xabar qilgandi. Bunga Oq uydagi ba'zi yuqori mansabli shaxslarning Xaspel turli xil so‘roqlarda, jumladan qiynoqqa solishlarda ishtirok etganligi tufayli tashvish paydo bo‘lgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Biroq, aprel oyi oxirida Xaspel MRBda gumonlanuvchi shaxslarni so‘roq qilish dasturini tiklash niyatida emasligi ma'lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jina Xaspel MRB direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

 

Mavzuga oid