Jahon | 19:20 / 08.05.2018
13280
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev Rossiya bosh vazirligiga tasdiqlandi

Foto: TASS

Rossiya Davlat dumasi Dmitriy Medvedevni bosh vazir etib sayladi. 

Parlamentariylarning 374 nafari (226 ovoz talab etilardi) uning nomzodini yoqlagan, 56 kishi qarshi bo‘lgan. Ovoz berishda 430 parlamentariy ishtirok etgan.

Duma yig‘ilishi vaqtida «Yedinaya Rossiya» va LDPR to‘la tarkibda Medvedev nomzodini ma'qullagan, yana ikki fraksiya — KPRF va «Spravedlivaya Rossiya» esa qarshi chiqqan.

Dmitriy Medvedev boshqarayotgan Rossiya hukumati 7 may kuni iste'foga chiqqandi.

Shu kuni to‘rtinchi muddatga Rossiya prezidenti  sifatida faoliyatini boshlagan Vladimir Putin Davlat dumasiga Dmitriy Medvedev nomzodini hukumat raisi etib tayinlash uchun rozilik olish maqsadida kiritgandi.

Mavzuga oid