Iqtisodiyot | 13:34 / 10.05.2018
14389
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston neft qazib olishni qisqartirishda davom etmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston neft qazib olishni qisqartirishda davom etmoqda.
Yanvar-aprel oylarida respublikada 249,7 ming tonna neft qazib olindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kam (276,8 ming tonna).
Yanvar-mart davridan farqli o‘laroq, ko‘mir qazib olish ham 0,8 foizga kamaydi (1,25 million tonna, 2017 yilda esa 1,26 million tonna).
Tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘sishda davom etmoqda - bu safar o‘sish 6,7 foizga qayd etildi (2017 yilda 18 278,8 million kub metrdan 2018 yilda 19 510 million kub metrgacha).
Gaz kondensati qazib olish 20,3 foizga o‘sdi (2018 yilda 712,8 ming tonna va 2017 yilda 592,7 ming tonna).
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024