O‘zbekiston | 11:52 / 11.05.2018
35162
3 daqiqa o‘qiladi

Asaka zavodi GM global platformasidagi barcha avtomobillarni o‘zlashtirishi mumkin

GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilinganligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda GM Uzbekistan AJ Jamoatchilik bilan ishlash xizmati xabar berdi.

Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati
Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati
Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati

Bu so‘nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta'minlashga  qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo‘ldi. 

Tekshiruv General Motors korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Hindistondagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati

Sertifikat “General Motors International” tashkilotining auditi natijasida topshirildi. Sertifikat topshirish marosimiga GM International kompaniyasi vitse-prezidenti Fil Kinli tashrif buyurdi. 

Foto: GM Uzbekistan axborot xizmati

Sertifikatni qo‘lga kiritish uchun 44 ta ko‘rsatkich bo‘yicha talablarga to‘la javob berish lozim. Natijalar Asaka avtomobil zavodi ushbu standartlar bo‘yicha 100 foiz talabga javob berishini ko‘rsatdi (minimal daraja – 95,5%). 

Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga sifat darajalarini belgilab beruvchi uchinchi darajaning berilishi korxonaga GM global platformasidagi deyarli barcha avtomobillarni o‘zlashtirish imkonini beradi. 

Sifat darajalarini belgilab beruvchi daraja (BIQ) zavod ishlab chiqarish jarayoniga GMS’ni joriy etish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. 

Ishlab chiqarishning global tizimi (GMS) zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash hamda nazorat qilish maqsadida joriy etilgan. U 5 asosiy omilga bo‘linadi: xodimlarning jalb qilinishi, standartlashtirish, sifatni integratsiya qilish, vazifalarni qisqa muddatlarda bajarish, doimiy takomillashtirish.

Caption

Shunday qilib, zavodga joriy etilgan GMS global ishlab chiqarish tizimi xavfsizlik va sifatning yuqori standartlari yagonaligini ta'minlaydi hamda ishlab chiqarishga eng yaxshi uslub, texnologiya va jarayonlar qo‘llash imkonini beradi.

Caption

 

Mavzuga oid